O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori B.Qudratxodjayev tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganishlar davom etmoqda.

Xususan, Kegeyli tumani elektr tarmoqlari korxonasida energetika xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari, bu boradagi vazifalar ijrosi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarni darhol bartaraf etish va tarmoqlardagi yuklamalarni tartibga solish borasidagi faoliyat o‘rganildi.

Jumladan, Chimboy tumanida ko‘mir tarqatish ombori faoliyati va zaxira ta’minoti ahvoliga e’tibor qaratildi. Shuningdek, tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlarida, tuman tibbiyot birlashmasi, 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti va 5-sonli maktabda qish mavsumiga tayyorgarlik, bunda energiya samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Jarayonlarda mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri