G‘arb mintaqasi 5-turi doirasidagi “Sepaxon” (Eron) – “Al Vihdat”(BAA) klubi o‘rtasidagi uchrashuv siyosiy vaziyat tufayli 26 noyabr kuni Dohada tashkil etilishi belgilangan.
E’tiborli jihati, mazkur “Sepaxon” – “Al Vihdat” qarama-qarshiligidagi o‘yinni o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi boshqarib boradi.
Uchrashuvni Rustam Lutfullin bosh hakam sifatida boshqarsa, unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Alisher Usmonov yordam beradi. Shuningdek, Asker Najafaliyev zaxira hakami vazifasini bajarishi ko‘rsatib o‘tilgan.
T.Ro‘ziyev, O‘zA