Nuriddinjon Ismoilov Spiker sifatida parlamentni xalqqa yaqinlashtirish va qonun ijodkorligini yangi bosqichga olib chiqish borasida sezilarli natijalarga erishgan rahbarlardan biri. Uning huquqshunoslikdagi chuqur bilimlari va siyosiy tajribasi parlamentda aniq va samarali ish tizimini shakllantirdi.

Parlament faoliyatining ayrim yutuqlarida aynan N.Ismoilovning sa’y-harakatlari yuqori bo‘ldi. Xususan:

– jamoatchilik bilan ochiq va konstruktiv aloqa o‘rnatildi. Quyi palata majlislarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi yo‘lga qo‘yildi;

– 60 dan ortiq davlatlar bilan parlamentlararo hamkorlik yo‘lga qo‘yildi;

– parlament nazorati yanada samarali tashkil etildi. Bu orqali davlat organlarining mas’uliyati oshishiga erishildi;

– to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan qonunlarni ishlab chiqish tizimi yo‘lga qo‘yildi, bu esa amaliyotda tezkor natijalar beruvchi qonunlar qabul qilishga yordam berdi.

Ismoilovning yana bir muddatga Spiker etib saylanishi — parlamentning samaradorligini yanada oshirish, xalqchil qonunlar qabul qilish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanishi kerak.

O‘zA