Mo‘ynoqda “Mahallalar bog‘i” barpo etilmoqda
“Yashil makon” tashabbusi barcha mo‘ynoqliklarni muvaffaqiyatli ishlar yo‘lida birlashtirgan umummilliy harakatga aylandi.
Muhimi, bu borada amalga oshirilgan ishlar natijasida hududlar obodonlashtirilib, fayzli maskanlar barpo bo‘lmoqda. Tuman sektorlar rahbarlari, muassasa, korxona boshliqlari ishtirokida tumandagi yangidan barpo etilayotgan “Mahallalar bog‘i”ga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Xayriya yordami ko‘rsatildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi va O‘zbekiston XDP Kegeyli tumani kengashi tomonidan “Mahallada ijtimoiy xizmat” loyihasi doirasida xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Baxitjan Habibullayev o‘z saylov okrugi hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning holidan xabar oldi. Deputat tomonidan “Quyoshli”, “Baxtli”, “Xalqabad” va “Gujum terak” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisiga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Tanlovga start berildi
Amudaryo muhandislik texnikumida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, “Adolat” SDP dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan tanlov ishtirokchilari besh shart bo‘yicha o‘z bilimlarini sinab ko‘rdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra birinchi o‘rinni Sevara Yeshmurotova egallab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘rinni Sohiba Jumamurodova, uchinchi o‘rinni Maftuna Rahimova egalladi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri