Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida yakunlangan jahon chempionatida 20 ta oltin, 11 ta kumush va 26 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Kutib olish tantanalarida Sport vazirligi, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi vakillari, jamoat tashkilotlari, sportchilarning ota-onalari va yaqinlari qatnashdi.
Ma’lumot uchun, 30 dan ortiq davlatlarning eng sara kurashchilari ishtirok etgan jahon chempionatida mamlakatimiz sportchilari umumjamoada 1-o‘rinni egalladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA