BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi – COP29 doirasida Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Boku shahridagi SOR29 sammitida namoyish etilgan O‘zbekiston milliy paviloniga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston pavilonida an’anaviy barqaror rivojlanish qadriyatlari va ekologik muammolarni hal qilishga zamonaviy yondashuvlarning uyg‘unlashgani tadbir ishtirokchilarining e’tiborini tortdi.
U yerda Orol mintaqasini tiklashga qaratilgan tashabbuslarga alohida e’tibor qaratilib, “yashil” o‘rmonlar barpo etish va mahalliy aholi turmush darajasini oshirish kabi keng ko‘lamli dasturlar taqdim etildi. Ushbu loyihalar O‘zbekistonning ekologik va ijtimoiy o‘zgarishlarga sodiqligini ko‘rsatadi.
Qayd etish joizki, SOR29 kabi xalqaro platformalar global ekologik muammolarni hal etish uchun jahon hamjamiyatining sa’y-harakatlarini birlashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
O‘z navbatida, mamlakatimiz ham barqaror rivojlanish va ekologik tashabbuslarga, shuningdek, xalqaro hamkorlar bilan faol hamkorlikni davom ettirishga tayyor. Bu mamlakatimizning ekologik barqarorlikni ta’minlash va butun insoniyatning barqaror kelajagini yaratishga salmoqli hissa qo‘shish istagini yana bir bor namoyon etadi.
N.Abduraimova, O‘zA