Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu 11-15 noyabr kunlari Xitoyda bir yo‘la ikki tadbir – strategik xavfsizlik bo‘yicha yillik maslahatlashuvning 19-sessiyasi va huquq-tartibot hamda xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik mexanizmi 9-yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda XXR Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lin Jian ma’lum qildi.
Shuningdek, RF mulozimi Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zolari, Tashqi ishlar bo‘yicha Markaziy komissiya devoni direktori Van I hamda Siyosiy va huquqiy masalalar bo‘yicha komissiya rahbari Chen Vensin bilan ham muzokara o‘tkazadi.
Ta’kidlash joiz, bu ikki davlat azaldan bir-birini ko‘plab sohalarda qo‘llab keladi. Xususan, tegishli o‘zaro harbiy bitim bir yurtga tajovuz qilingan taqdirda ikkinchi tomon ham urushga jalb qilinishini anglatadi.