Butunjahon taekvondo ittifoqi noyabr oyi uchun yangilangan jahon reytingini e’lon qildi. Undan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham joy oldi.

Jumladan, 68 kilogramm vaznda Olimpiya o‘yinlarining ikki karra g‘olibi bo‘lgan Ulug‘bek Rashitov (210) jahon reytingining birinchi o‘rnidan joy oldi.

Ayollar orasida +73 kg. vaznda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan “Parij-2024” Olimpiadasining kumush medali sohibasi Svetlana Osipova esa reyting jadvalida ikkinchi bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA