“NYT” hisob-kitobiga ko‘ra, AQSHdagi prezident saylovida hozircha Tramp oldinda bormoqda. U hali ovoz hisoblanishi davom etayotgan “tebranuvchi” shtatlarda ham ustunlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qaysi nomzod birinchi bo‘lib 270 ovoz to‘plasa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.

Demak, ikki ashaddiy raqib orasidagi vaziyat ayni payt shunday:

Pensilvaniya: 84 foiz ovoz sanalgan. Trampda 51 foiz.

Michigan: ovozlarning 47 foizi hisobga olingan. Trampda 52 foiz.

Viskonsin: 76 foiz ovoz qayd etilgan bir payt Trampda 51 foiz.

Jorjiya: 95 foizdan ko‘proq byulleten ko‘rib chiqildi. Tramp 51 foiz ko‘rsatkich bilan oldinda.

Arizona: 53 foiz ovoz qayd etildi. Trampda 49,8, Xarrisda 49,4 foiz.

Nevada shtatida ovozlarni sanash endigina boshlangan. saylovchilarning 2 foizi ro‘yxatdan o‘tganda Tramp foydasiga ustunlik 73,0 foiz.

Shimoliy Karolinada ommaviy axborot vositalari Trampning g‘alabasini e’lon qilishga ham ulgurishdi.

O‘.Alimov, O‘zA