Poytaxtimizdagi “Humo arena” sport majmuasida Aralash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha jahon chempionati boshlandi.

Aralash jang san’atlari sport turi bo‘yicha tashkil etilgan ushbu chempionatda dunyoning 67 ta mamlakatidan 550 nafardan ortiq sportchi 40 ta vazn toifasida bahslashmoqda. Bahslar 18-21 yosh va 21 yoshdan katta toifalarda o‘tkazilmoqda. Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkib bilan qatnashmoqda.

Jahon chempionatining bugungi dasturidan 1/32 bosqich janglari o‘rin olgan bo‘lsa, ertaga, 6 noyabr kuni 1/16 bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. 7-8 noyabr kunlari nimchorak, chorak va yarim final janglari bo‘lib o‘tadi. 9 noyabr kuni soat 16:30 da kattalar o‘rtasida final baxslari tashkil etilsa, 10 noyabr soat 16:30 da yoshlar o‘rtasida jahon chempionlari saralanadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA