Chernogoriyaning Budva shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining 10 nafar bokschisi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Jahon chempionatining yarim final bahslarida Sayfiddin Sobirov, Samandar Olimov, Abdulaziz Jo‘raqulov, Jafarbek Shaxbozov, Akmaljon Isroilov, Halimjon Ma’masoliyev va Shahzod Polvonov yigitlar orasida, Jasmin Tohirova, Ruxshona Parpiyeva hamda Sobiraxon Shaxobiddinova qizlar o‘rtasida finalga yo‘l oldi.
Afsuski, yarim finalda mag‘lub bo‘lgan Sobirjon Tastanov, Muhammad Azizbek Ismoilov va Oysha Toirova dunyo birinchiligini bronza medali bilan yakunlaydigan bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA