BRIKSga a’zo davlatlar bilan munosabatni rivojlantirish Turkiya manfaatiga javob beradi. Anqara uyushmaga muqobil yo‘l sifatida qaramaydi, chunki mamlakat NATO a’zosi, YeIga to‘liq a’zolik bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu fikr mamlakat Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga tegishli.
– BRIKSga a’zo davlatlar bilan hamkorlik qilish uchun jiddiy salohiyatga egamiz, – dedi Turkiya rahbari Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan keyin xalqqa murojaatida. – Dunyoning eng yirik o‘nta iqtisodiyotidan biri sifatida mazkur yirik tuzilma bilan munosabatni rivojlantirishdan mamlakatimiz manfaatdor. Turkiya turli platformalarda ishtirok etadi.