Tojikiston Markaziy saylov komissiyasi Raisi Baxtiyor Xudoyorzoda boshchiligidagi delegatsiya saylov jarayonini kuzatish asnsoida O‘zbekiston MSKda bo‘ldi.

Uchrashuvda MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev dastlab Saylov kodeksiga kiritilgan yangi normalar, respublikamiz siyosiy hayotida yuz berayotgan muhim o‘zgarishlarga to‘xtaldi. Xususan, quyi palata deputatlari saylovi aralash, ya’ni mojaritar va proporsional tizim asosida o‘tayotgani ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida kuzatuvchilar missiyasi va qardosh xalq vakillari bu galgi muhim siyosiy tadbir demokratik tamoyillar asosida tashkil etilgani, jarayon xalqaro me’yor va standartga to‘laqonli mos kelishi, qolaversa, fuqarolar saylovning asl mohiyatini tushunib, emin-erkin ovoz berayotgani katta yutuq ekanini e’tirof etdi.

Musulmon Ziyo, O‘zA