Bugun chet el davlatlaridagi mamlakatimiz diplomatik vakolatxonalarida ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligi uchun ovoz berish jarayonlari qizg‘in davom etayotganini ko‘rish mumkin.

Jumladan, Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulligida ham yurtdoshlarimiz uchun sharoitlar yaratilgan, ular 22-saylov uchastkasida o‘zlari munosib deb ko‘rgan partiyalarga ovoz beryapti.

O‘zA ijodiy jamoasi Qozog‘istonga xizmat safari chog‘ida mazkur siyosiy jarayonni yoritishga xarakat qilmoqda.

Behruz Xudoyberdiyev,

Iskandar Ismatov (video),

O‘zA