Mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlarining saylovi bo‘lib o‘tmoqda.
Saylov jarayonini xalqaro kuzatuvchilar, xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari bevosita kuzatib bormoqda.
Xalqaro kuzatuvchilardan biri – Germaniyadagi “Jura One GmbN” nemis yuridik maktabi asoschisi va boshqaruvchisi Zyoren Abildgaard Krol bilan suhbatlashdik.
– Saylovlar – har bir mamlakating ertangi kunini o‘zgartiradigan muhim siyosiy jarayon. O‘zbekistonda xalq buni yaxshi tushunib, saylovda juda faol ishtirok etadi. Musiqa sadolari ostida saylov uchastkalariga kirib kelayotgan odamlarga qarab, bayram kayfiyatini his qilsa bo‘ladi. Bizdagi saylovlarda mana shunday faollik yetishmaydi, to‘g‘risi.
Yangi islohotlardan keyingi saylov majoritar va proporsional asosda o‘tkazilmoqda. Bu Germaniya saylov tizimiga juda o‘xshash jarayon. Shu jihatdan, saylov xalqaro standartlarga muvofiq, talablarga javob beradigan tarzda o‘tmoqda.
E’tirof etish kerakki, O‘zbekistonda deputatlikka nomzodlarning qirq foizini xotin-qizlar tashkil etishi qonunchilikka kirilgani va amalda ta’minlangani – katta yutuq.
Bizda ham mana shunday tizimni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha harakatlar bor, lekin bunga hali erishganimiz yo‘q.
Norgul Abduraimova,
Nosir Haydarov (surat), O‘zA