Qatarning QNA axborot agentligi O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Vashingtonda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki yillik yig‘ilishi doirasida mazkur arab davlati moliya vaziri Ali bin Ahmad Al-Kuvariy bilan uchrashganini yoritdi.
Muallif uchrashuv chog‘ida umumiy manfaatga oid keng ko‘lamli mavzular muhokama qilingani, ayniqsa ikki mamlakat o‘rtasidagi mavjud iqtisodiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish yo‘llarini topish, investitsiya va savdo yo‘nalishida yangi loyihalar amalga oshirishga jiddiy e’tibor qaratilganini ta’kidlagan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA