FOTOREPORTAJ
Joriy yilning 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, shuningdek, shahar va tuman Kengashlariga deputatlar saylovida Xujayli tumani markazidagi 515- uchastka saylov komissiyasidan jami 1 ming 886 nafar saylovchi ovoz berishi kutilmoqda.
Ularning 35 nafari saylovda ilk marotaba ishtirok etayotgan yoshlardan iborat. Shuningdek, 47 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro ro‘yxatga olingan. Shu kungacha uchastka saylov komissiyasiga 5 nafar saylovchi ariza bilan murojaat qilib, muddatdan oldin ovoz berdi.
“Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy kampaniya uchun uchastka saylov komissiyasida barcha sharoit yaratilgan. Saylov kuni keksa yoshli, betobligi bo‘lgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra saylov uchastkasiga kela olmaydigan saylovchilarning xonadoniga borib ovoz berishni tashkil etish uchun maxsus ko‘chma saylov qutilari keltirilgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA