O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, profilaktika ishlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi alohida xizmatlari, muqaddas qasamyodiga sodiq qolib, sharafli burchini bajarishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgani, sohada professional kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun quyidagilar mukofotlansin:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan
Almatov Zakirjon – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining maslahatchisi
«Mardlik» ordeni bilan
Mardonkulov Nodirjon Kodirjonovich (marhum) – Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
«Do‘stlik» ordeni bilan
Gorbatsevich Viktoriya Aleksandrovna – Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi
«Jasorat» medali bilan
Murodov Jurabek Muxamadiyevich – Samarqand viloyati Oqdaryo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
Suyarov Sherzod Raxmatullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Askarov Uktam Baxromovich – Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i
Qodirov Sayidakbar Maxamatsodiqovich – Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori
Qo‘shbarmoqov Ulug‘bek Sangirqulovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy tergov hibsxonasi xodimi
Mirsadikov Dilmurod Mirxamdamovich – Toshkent shahar Uchtepa tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
Muydinova Gulnora Toshpulatovna – Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo‘limi bosh eksperti
Sayidov Nodirbek Bahodirovich – Toshkent viloyati Olmaliq shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
Xojiyeva Marxabo Xikmatillayevna – Navoiy viloyati Navoiy shahar ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi
Xudayarov Nizomjon Rajabbayevich – Xorazm viloyati Xonqa tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Adilova Gulshod Pulatovna – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo‘limi bosh shifokori
«Shuhrat» medali bilan
Aliboyev Mamatali Hazratqulovich – Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori
Dustov Zafar Abirovich – Jizzax viloyati Arnasoy tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari
Indiaminov Farrux Nuriddinovich – Samarqand viloyati Samarqand shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 8-ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
Kazaxbayev Malik Perdebayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati inspektori
Kuchkarov Turg‘un Raximbayevich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari – ichki ishlar organlari faoliyatini uslubiy ta’minlash markazi boshlig‘i
Qosimov Utkirbek Soibjonovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i
Niyazov Feruz Jumanazarovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limi 1-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i
Xidirov Yusufjon Ilxomjonovich – Namangan viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev