Saylovlar – bu demokratiyaning yuragi, xalqning o’z taqdirini o’z qo’liga olish imkoniyati. Har bir ovoz-bu jamiyatning kelajagi uchun berilgan ovoz, jamiyatimizni shakllantirishda ishtirok etish imkoniyati. Afsuski, ko’pincha saylovlar faqat siyosiy partiyalar va nomzodlar o’rtasidagi kurash deb qabul qilinadi, oddiy insonlar esa o’z ovozlarining ahamiyatini anglab yetmaydi. Ammo haqiqat shundaki, har bir insonning ovozi muhimdir.
Saylovda faol qatnashish -bu faqat o’z huquqimizni amalga oshirish emas, balki jamiyatimizning kelajagini shakllantirishda ishtirok etish imkoniyati. Biz o’zimizning ovozimiz bilan o’z kelajagimizni, va jamiyatimizning kelajagini belgilaymiz. Biz o’z ovozimiz bilan o’z mamlakatimizning rivojlanishiga hissa qo’shamiz.
Shuning uchun har bir insonni saylovda faol qatnashishga chaqiraman. O’z ovozingizni bering, o’z kelajagingizni shakllantiring, o’z mamlakatimizni rivojlantiring, o’z jamiyatimizni o’zgartiring!
Shahlo Sabirova,
QDU Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 4-kurs talabasi
Qoraqalpog’iston axborot agentligi