Shamol yelib, changni ko’tarib, shahar ko’chalari bo’ylab sayr qiladi. Uning yo’lida uchraydigan har bir narsa – yo’l chetidagi axlat qutilari, ko’chalarga tashlangan qog’ozlar, plastik idishlar – uning “o’ljasiga” aylanadi. Shahar, bir vaqtlar yashil ranglarga bo’yalgan, endi kulrang, qora va jigarrang ranglarga bo’yalgan. Odamlar, tabiatning go’zalligini ko’rib, uni “o’ziga” xos deb hisoblaydilar, ammo o’zlarining “qo’llari” bilan uni ifloslantirib bormoqdalar.
Yashil rangsiz dunyo –bu bizning hayotimizning aynan shunday tasviri. Yashil rang – hayotning, tabiatning ramzi. U bizga tinchlik, xotirjamlik va quvonch bag’ishlaydi. Ammo biz o’z xotirjamligimizni yo’qotib, tabiatni ifloslantirib, yashil rangni kulrang rangga almashtirib bormoqdamiz.
Ko’chalarda axlatlarni ko’rib, ko’zimizga chang tushgandek bo’lib qoladi. Daryolar va ko’llar iflos suvlar bilan to’lib toshgan. Havo esa zavod tutunlari va avtomobil gazlari bilan ifloslangan. Biz o’zimizni iflos muhitda yashayotganimizni sezmaymiz yoki sezishni xohlamaymizmi?
Afsuski, ko’pchilik odamlar atrof muhit tozaligiga befarq. Ular axlatni tashlash joyiga emas, balki yo’l chetiga tashlashadi. Ular suv resurslarini ifloslantirib, o’z sog’lig’ini va kelajak avlodlarning sog’lig’ini xavf ostiga qo’yadilar. Ular o’z harakatlarining oqibatlarini o’ylamaydilar yoki o’ylashni xohlamaydilarmi?
Bizning har birimiz atrof muhitni tozalashda o’z hissamizni qo’shishimiz kerak. Axlatni tashlash joyiga tashlash, suv resurslarini ifloslantirishdan saqlanish, daraxtlar ekish va ularni himoya qilish – bu bizning majburiyatimiz. Yashil rangni qaytarish bizning qo’limizda. Kelajak avlodlarga toza va go’zal dunyo qoldirib ketish bizning vazifamiz.
Shahlo Sabirova,
QDU Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 4-kurs talabasi
Qoraqalpog’iston axborot agentligi