Ukrainada faol harbiy harakat 2 yarim yildan buyon davom etyapti. Binobarin, energetika infratuzilmasiga hujumni o‘zaro to‘xtatish urushning jiddiy bosqichini tugatish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi mumkin.

Prezident Vladimir Zelenskiy ta’kidlashicha, energiya va navigatsiya erkinligi haqida gap ketganda, ijobiy natijaga erishish Rossiya urushni tugatishga tayyor bo‘lishi mumkinligidan darak beradi. Moskva va Kiyev infratuzilmaga hujumni to‘xtatishga rozi bo‘lishi mojaro keskinlashuvining oldini olish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.

– Birinchi tinchlik sammiti davomida energiya xavfsizligi bo‘yicha qaror qabul qilinishi mumkinligini ko‘rdik, – dedi mamlakat yetakchisi. – Boshqacha aytganda, biz ularning energetika infratuzilmasiga hujum qilmayapmiz, ular ham. Bu urushning qaynoq bosqichi tugashiga olib kelishi mumkin. Har holda, men shunday o‘ylayman.

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina G‘arbdagi hamkorlar bilan suhbatda hozir xavfsizlik kafolati, jumladan NATO masalasini ko‘tarayotganini ham aytdi.