Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga yangi harbiy yordam to‘plamini ajratadi. Bu miqdor 400 million dollar ekani, “Ukrinform” yozishicha, AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin tomonidan Kiyevga tashrif chog‘ida ma’lum qilingan.

Jo Bayden boshchiligida okean orti davlati Ukrainaga yordam ko‘lamini kengaytirishda davom etyapti. Bu galgi ko‘mak o‘q-dori, harbiy texnika va qurol uchun sarflanadi.

Eslatib o‘tamiz, Ostinning Kiyevga e’lon qilinmagan tashrifidan ko‘zlangan maqsad kelgusi yordamni muhokama qilish. Tabiiyki, ayni jarayon AQSHda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi natijasiga ham bog‘liq bo‘ladi.