Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov O‘zbekiston – Qozog‘iston mintaqalararo biznes forumida ishtirok etish uchun 21 oktyabr kuni yurtimizga tashrif buyurdi.
Yuqori martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Asosiy tadbirlar 22 oktyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari rahbarlari ikki davlat ishbilarmonlari forumida ishtirok etadi. Shuningdek, ular ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilishi ko‘zda tutilgan.
Qozog‘iston Bosh vaziri Samarqandga tashrifi davomida shahardagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar bilan ham yaqindan tanishishi rejalashtirilgan.