O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali tomonidan joriy yil 18-oktabr sanasida Qoraqalpog’iston respublikasi Nukus shaxrida joylashgan Yosh tomashabinlar teatrida “Rus klassiklari qoraqalpoq tilida gapiradi” mavzusida tashkillashtirilgan teatr pyesalarining ilk sonlari premyera sifatida namoyish etildi.

Ushbu loyiha Rossiya federatsiyasining «Русский мир» fondi tomonidan joriy qilingan grant asosida moliyalashtirilgan bo’lib, undagi asosiy maqsad  Qoraqalpog’iston Respublikasida rus tili adabiyoti, san’at va madaniyatiga bo’lgan qiziqishni oshirishdir.

Loyihada Qoraqalpog’iston Respublikasi madaniyat vaziri, O’zbekiston san’at va madaniyat instituti Nukus filiali direktori, tajribali professor-ustozlar va iqtidorli talaba yoshlari, Qoraqalpog’iston radiosi va axborot xizmati jurnalistlari ishtirok etdi.

Shu sanadan boshlab 12 oy mobaynida shu kabi rus adabiyotining mumtoz asarlari asosida sahnalashtirilgan spektakllar O’zbekison Respublikasi bo’ylab gastrol safarlarida Respublika miqyosida namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Loyihaning umumiy fondi 1 million 14 ming 900 Rossiya rubliga teng bo’lib, uning koordinatori “Rejissura” kafedrasi rahbari, dotsent Lizaxan Urazmbetova Taspolatovna rahbarligida olib boriladi.

Nurbek Alimboyev

Berdaq nomidagi QDU Qoraqalpoq filologiyasi va Jurnalistika fakulteti 4-bosqich talabasi

Qoraqalpog’iston axborot agentligi