Nukus shahridagi IT park binosida Xitoy davlatining “One Cloud China Tech” IT kompaniyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yangi kompaniyaning ochilishi bilan tabrikladi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarni raqamlashtirishga va bu ishlarga yoshlarni keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada oldin bo‘lmagan imkoniyatlar yaratilib, o‘z navbatida ushbu amaliy chora-tadbirlar IT sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda.
Yangidan faoliyatini boshlayotgan “One Cloud China Tech” IT kompaniyasining ochilishi va xitoy, ingliz tillari, IT o‘quv kurslari tashkil etilishi sohaga qiziquvchi yoshlarning tajribali mutaxassislardan ta’lim olib, o‘z kasbining mutaxassisi bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutadi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.