Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Taxtako‘pir tumani bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar bo‘limlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

Jumladan, fuqaro E.S. fuqaro D.B.ni “U.T.” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Xo‘jayli tumanida joylashgan kompressor stansiyasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 ming AQSH dollarini, fuqarolar I.A. va K.B. fuqaro Z.O.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qoraqalpoq davlat universitetiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 ming 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.