Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Isroilning Parijdagi elchisini TIVda bo‘lib o‘tgan Vazirlar yopiq kengashi yig‘ilishiga chaqirib, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu mamlakati BMT ixtiyori asosida vujudga kelganini esidan chiqarmasin, dedi. Bu haqda “Parisien” nashri uchrashuv ishtirokchilariga tayanib yozgan.

“Janob Netanyaxu o‘z davlati BMT xulosasi bilan yaralganini unutmasligi kerak va shu bois u tashkilot qarorlariga amal qilishi kerak”, degan Makron seshanba kuni BMT Bosh Assambleyasining 1947 yildagi mustaqil Falastin arab va yahudiy davlatlarini yaratish uchun berilgan ovozlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligiga ishora qilib.

Bu ikki davlat o‘rtasidagi keskinlik Makron Isroilga qurol-yaroq yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirgandan keyin boshlandi. Fransuz yetakchisi “ushbu qadam mintaqadagi vaziyatni tartibga solishning ustuvor yo‘nalishi” degan va hamkasbining keskin tanqidiga sabab bo‘lgan.

Makron BMTning Livandagi Muvaqqat kuchlari safida 700 nafar fransuz askari xizmat qilayotganini eslatib, Isroilning ushbu pozitsiyalarga hujumini “mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan” harakat sifatida baholadi va Fransiya tinchlikparvar kuchlarga qarshi hujumlarga “endi toqat qilmasligi”ni qo‘shimcha qildi.