Saudiya Arabistoni yerdan kamida 1000 metr ko‘tariladigan Jidda minorasi qurilishini davom ettira boshladi. Demak, Dubayning “Burj Khalifa”si dunyodagi eng baland inshoot maqomidan ayrilishi mumkin.

Podshohlik 10 yildan ko‘proq vaqt davomida “Jeddah Tower” nomli rekord darajadagi baland bino qurish rejasini ishlab chiqqan. Qurilish vaqti-vaqti bilan to‘xtaydi va keyin yana jonlanadi.

Xorij ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, yaqinda shahzoda Al Volid bin Talal ijtimoiy tarmoqda loyiha qayta tiklanayotganini ma’lum qilgan. Hozirgacha 157 qavatdan 63 tasi barpo etilib, 1 milliard dirxamdan ortiq mablag‘ sarflangan.

Minoraning asosiy tizimi 1,5 kilometrdan oshishi kutilmoqda. Qurilishni yakunlash uchun yana 6 milliard dirham kerak. Moliyaviy loyiha Jidda iqtisodiy kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.

Minora 5,3 million kvadrat metr maydonda joylashgan “Jeddah Economic Company” loyihasining yuragi bo‘ladi. Bunyod etilishi taxminan 42 oy vaqt talab qiladigan inshoot 2028 yil birinchi yarmida foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan.

Loyiha amerikalik me’mor Adrian Smit tomonidan ishlab chiqilgan. Aynan shu mutaxassis bir vaqtlar “Burj Khalifa” uchun ham eskizlar yaratgan.