Bugun iqtisodiyotning jadal sur’atlarda o‘sishida sog‘lom raqobat muhitining o‘rni bor. Ayniqsa, tadbirkor uchun raqobat muhiti yo uni rivojlantiradi yoki aksincha. Albatta, bunda eng katta maydon – bu bozor. Bozorning ham o‘z qonun-qoidalari bor.
Kimdir u yerda o‘z mahsulotini sotish, ko‘proq xaridorga ega bo‘lish, boshqa tadbirkorlarni u yerga yo‘latmaslik uchun tish-tirnog‘i bilan kurashadi. Shu o‘rinda tadbirkorlarni qiziqtirgan bir savol tug‘iladi. Ya’ni, katta kompaniyalar kichik kompaniyalarning bozorga chiqishiga to‘sqinlik qila oladimi?
—Yo‘q. Bu qonunga zid. “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunda yirik kompaniyalar kichik kompaniyalarni bozorga kirishi yoki teng sharoitlarda raqobatlashishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Masalan, tovarni realizatsiya qilishda yoki olishda kamsituvchi shart-sharoitlarni belgilash, shartnoma predmetiga taalluqli bo‘lmagan shartlarni qo‘llash kabi harakatlar bozorda ustun mavqeni suiiste’mol qilish hisoblanadi, — deydi Raqobat qo‘mitasi boshqarma bosh mutaxassisi Azizbek Orazmamedov.
O‘zA muxbiri
Nigora Rahmonova tayyorladi