2025 yil poytaxtimiz 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Bu haqda Xalqaro voleybol federatsiyasi prezidenti Ari Grasa O‘zbekistonga tashrifi davomida e’lon qildi.

Aytish lozim, ushbu yosh toifasidagi so‘nggi jahon chempionati 2023 yil Argentinaning San-Xuan shahrida tashkil etilgan edi.

Fransiya terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlangan mazkur chempionatda fransuzlar finalda Eron terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etgan.

Jahon chempionatining bronza medali o‘shanda AQSHni 3:1 hisobida yenggan Koreya Respublikasiga nasib qilgan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA