O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Xitoyga tashrifi doirasida Butunxitoy ayollar federatsiyasi raisi Shen Isin xonim bilan uchrashdi.

Unda ikki mamlakatning tarixiy do‘stona munosabatlari va yil sayin yangi darajaga ko‘tarilib borayotgan o‘zaro hamkorlik aloqalari, davlatlar rahbarlari o‘rtasida erishilgan muhim kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Tomonlar xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotida, shu jumladan, iqtisodiyotning barcha sohalarida, qolaversa, ikki mamlakat do‘stona aloqalari mustahkamlanishida faol ishtirokini ta’minlash borasidagi ishlarga e’tibor qaratdi.

Bu borada o‘zaro tajriba almashish, hamkorlik dasturlarini joriy etish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Xitoy bilan sog‘lom ona va bola dasturlarini davom ettirish hamda faol ayollarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quvlarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

N.Abduraimova, O‘zA