Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv sho‘’basi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda qarzlarini vaqtida to‘lamagan fuqarolarni qidirib topish ishlari amalga oshirilmoqda.
Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, qarzdor “XOJA SALI” fermer xo‘jaligidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan aksiyadorlik-tijorat “AGROBANK”ning Xo‘jayli filiali foydasiga 436,2 million so‘m, davlat foydasiga 25,8 million so‘m undirish belgilangan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdorning nomida “KAIYI X3 PRO EV SUV VERSION KAIYI 1” rusumli avtotransport vositasi mavjudligi aniqlandi. Ushbu avtotransport vositasi qarzdor joylashgan manzilda yo‘qligi sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd tadbirida qarzdorga tegishli avtomashina Nukus shahriga kirish postida ushlandi va jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.