Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida
417

Misrning “Al-Axbar Al-Youm” nashri “O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi” sarlavhali maqola e’lon qildi.
Muallif asosiy e’tiborni yurtimizda ayni yo‘nalishda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” nomli yangi dastur ishlab chiqilayotganiga qaratgan. Shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ushbu hujjatda yetti imkoniyat va mas’uliyat tamoyili asosidagi yangi yondashuvlar belgilab berilgani urg‘ulangan.
Mutasaddilarga har bir mahallani to‘liq xatlovdan o‘tkazib, “kambag‘al oilalar portreti”ni ishlab chiqish topshirilganiga to‘xtalib, muayyan oila bo‘yicha alohida dastur bo‘lishi, bu borada har bir vazirlikning aniq vazifasi ko‘rsatilishi ta’kidlangan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA