Chorshanba kuni Braziliya sudi Ilon Maskning “X” ijtimoiy tarmog‘i (sobiq Twitter) dasturiy ta’minotini braziliyalik foydalanuvchilarga taqdim etish uchun o‘zgartirgani sababli qariyb million dollar jarimaga tortdi. Payshanba kuni ilovaga kirish yana yo‘qoldi.
Avgust oyi oxirida Braziliya Oliy sudi amerikalik tadbirkor o‘ng qanot radikallarning akkauntlarini o‘chirishdan bosh tortgani uchun mamlakatda uning faoliyatini taqiqlagan edi.
Shu bilan birga, Oliy sud sudyasi Aleshandri de Morais taqiqni buzgan har bir kun uchun besh million Braziliya reali (taxminan 920 ming dollar) jarimaga tortilishi va Maskning mamlakatdagi kompaniyalarining aktivlarini muzlatib qo‘yishi haqida qaror chiqardi. Shuningdek, sudya Morais mamlakatda “X” akkauntini taqiqlab, bir vaqtning o‘zida unga kirishda davom etayotganlar, masalan, VPNdan foydalanganlar, kuniga 50 ming Braziliya reali (taxminan to‘qqiz ming dollar) jarimaga tortilishi haqida qaror chiqardi.
Kompaniya bu o‘lkada o‘z vakolatxonasini yopdi va Mask senzuraga toqati yo‘qligini aytdi. Shuningdek, u sudyani zolim va diktator deb atab, barcha to‘xtatilgan akkauntlarni qayta faollashtirish bilan tahdid qildi.
– So‘z erkinligi demokratiyaning asosi va braziliyalik sudya uni siyosiy maqsadlarda yo‘q qilmoqda, -dedi Mask o‘z tarmog‘ida.