Dunyo xabarlari qisqa satrlarda

284

AQSH Zelenskiyning tinchlik rejasi BMTda muhokama qilinishiga va’da berdi

Qo‘shma Shtatlar Vladimir Zelenskiyning Ukrainadagi inqirozni hal qilish bo‘yicha “tinchlik rejasi” bilan tanishdi va hujjat ish berishi mumkinligiga ishonch hosil qildi. Bu haqda AQSHning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild shunday dedi:

SША намерены продвиgaть «мирный план» Зеленского в ООН | Радио 1

– Prezident Zelenskiyning tinchlik rejasini ko‘rdik, bu hujjat ishlay oladigan strategiya va rejani belgilab beradi, deb hisoblaymiz. Bu yerda hozir bo‘ladigan barcha davlatlar rahbarlari, vakillari bilan hamkorlik qilib, dasturni qanday rivojlantirish mumkinligini ko‘rib chiqishimiz kerak.

Nyu-Yorkda o‘tayotgan yuqori darajadagi haftalikda Tomas-Grinfild matbuot anjumani o‘tkazib, “umid qilamanki, bu yo‘nalishda biroz oldinga siljishimiz mumkin”, degan.

Avvalroq Zelenskiy jurnalistlar bilan suhbatda Ukrainaning “g‘alabasi” uchun reja tayyorlagani va to‘rt asosiy yo‘nalish orasida “Rossiyani urushni diplomatik yo‘l bilan tugatishga majburlaydigan kuchli paket ham” borligini aytgan.

“RIA Novosti” agentligi yozishicha, o‘z navbatida, RF Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Kiyev rejimi mohiyatini bilishi, maxsus harbiy amaliyot davom etishi va mamlakat o‘z maqsadlariga erishishini ta’kidlagan.

Chexiya suv toshqini yetkazgan zararni baholadi

Каким было сильнейшее наводнение 2002 гоda в Праге: фото и видео - vinegret

Chexiya moliya vaziri Zbinek Stanyura jurnalistlarga ma’lum qilishicha, respublikada davom etayotgan keng miqyosli suv toshqini tufayli ko‘rilgan zarar 100 milliard kron (4,4 milliard dollar)ga yetishi mumkin.
– Avvalgi yirik toshqinlar tajribasidan kelib chiqib, asosiy infratuzilmani rekonstruksiya qilishda davlat byudjeti ishtiroki taxminan 25 foiz bo‘lishini aytish mumkin, – dedi mulozim. – 100 milliard kronlik umumiy ko‘rsatkich haqiqatdan uncha uzoq emas.

Nyu-York kalamushlarga qarshi urush e’lon qildi

крысы маршируют по городскому тротуару против зdanия, картинка крыс в нью  йорке, Nyu York, новый поверпойнт фон картинки и Фото для бесплатной  загрузки

Nyu-Yorkda kemiruvchilarga qarshi kurash bo‘yicha mutaxassislar milliy konferensiyasi boshlandi. Shahar mas’ullari aytishicha, bunga shaharda paydo bo‘lgan kalamush bilan bog‘liq kasallik sabab.

Hokimiyatning zararkunandalarga qarshi kurashda erishilgan natija ijobiy o‘sish sur’atiga egaligi haqidagi bayonotiga qaramay, hamon kemiruvchilarni axlat qutilari yonida, markazda va hatto metroda uchratish mumkin. Masalan, Manxettenda BMT qarorgohiga yaqin joyda kalamushlar kezib yuradi.

Ikki kun davom etadigan “Shahar kalamushlarini nazorat qilish milliy sammiti”da mer Erik Adams konferensiya zararkunandalar muammosini hal qilishga yordam berishiga ishonch bildirdi.

Mask yangi “Neuralink” vizual implanti bilan tanishtirdi

Mask объяснил перенос штаб-кvaртиры X из Калифорнии - RIA Novosti,  18.09.2024

Amerikalik milliarder Ilon Mask ta’kidlashicha, “Neuralink” vizual implanti tug‘ma ko‘zi ojiz odamga ham ko‘rish imkonini beradi va kelajakda insonga tanish bo‘lmagan spektrlarni ham qamrab oladi.

– “Blindsight” qurilmasi ikki ko‘zini yo‘qotgan, ko‘ruvchi tolalardan mahrum kishilar ko‘ziga ham nur beradi, – deb yozgan Mask ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. – Agar qobiq buzilmagan bo‘lsa, tug‘ma ko‘rlar ham oydinlikdan bahra olishi mumkin.

Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, dastlab tasvir sifati “Atari” o‘yin platformasi grafikasi kabi past bo‘ladi, kelajakda esa kashfiyot infraqizil va ultrabinafsha spektrda ko‘rish, radar to‘lqin uzunligini suratga olish imkonini beradi.

Маълумотga ko‘ra, implant AQSH Oziq-ovqat va farmatsevtika sanitar nazorati (FDA) faoliyatida inqilobiy ishlanma siftida tasdiqlangan.
Avvalroq Ilon Mask “Neuralink” miya implanti ham vaqti kelib odamlar ishlatadigan odatiy matohga aylanishini ta’kidlagandi.

Nemis sayyohi Kanar orollarida akula hujumidan halok bo‘ldi

На Kanarских остроvaх при нападении акулы погибла туристка из Германии -  RIA Novosti, 17.09.2024

Kanar orollarida Germaniyadan kelgan sayyoh akula hujumi oqibatida halok bo‘ldi, deb yozdi “Bild” nashri.

Ispaniya qutqaruv xizmatiga tayanib tarqatilgan xabarda Gran oroli janubida akula 30 yoshli ayolga hujum qilgan. Natijada sayyoh oyog‘idan ayrilgan. Jabrlanuvchi keyinroq qutqaruv vertolyotida vafot etgan.

Ispaniyada narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullangan

besh nafar politsiyachi qo‘lga olindi

В Испании задержали пять полицейских по делу о наркоторговле, сообщили SМИ  - RIA Novosti, 17.09.2024

Ispaniya milliy politsiyasi giyohvand moddalar savdosi bo‘yicha keng ko‘lamli tergov jarayonini boshladi. Bu ishga yuzlab politsiyachilar jalb qilinib, 30 dan ziyod odam hibsga olindi.

ABC gazetasi axborotida yozilishicha, ushlanganlar orasida besh nafar mahalliy politsiya xodimi ham bor. Tergovchilarning alohida diqqat markazidan joy olgan ushbu mutaxassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘ta maxfiy saqlanmoqda.

Stoltenberg: Rossiyaga chuqur zarba berish “qizil chiziq”dan o‘tish emas!

SМИ: Stoltenberg станет новым предсеdaтелем Мюнхенской конференции |  Report.az

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg “Times” gazetasiga bergan intervyusida Kiyevga Rossiya hududi bo‘ylab chuqur zarba berishga ruxsat etish vaziyatni keskinlashtiradigan qizil chiziq emasligini aytdi.

U Kiyevga uzoq masofali raketadan foydalanishga ruxsat berishni ma’qullagan Buyuk Britaniya va Fransiyani qo‘llab-quvvatladi. Ukrainaning bunday aslahalardan foydalanishi Shimoliy Atlantika ittifoqini Rossiya bilan ziddiyatga tortmasligini ham ta’kidladi.

S.Rahimov,

O‘zA