Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi qadimiy Balasog‘un shahrini tiklash uchun yer va investor qidirmoqda. Bu haqda mas’ul xodim Oltinbek Maqsutov mamlakat parlamenti yig‘ilishida ma’lum qildi. Mulozim so‘zlariga ko‘ra, tarixiy kentni qayta barpo etish uchun 10 gektar yer kerak.

O‘rta asrlarga mansub Balasog‘un hozirgi Qirg‘iziston hududi, aniqrog‘i To‘qmoq shahri yaqinida, Chu daryosi bo‘yida edi.