Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “Xotin-qizlar ishonchni mustahkamlash va global hamkorlik uchun” mavzusida to‘rtinchi Yevroosiyo ayollar forumi o‘z ishini boshladi.
Unda eng faol, yetakchi xotin-qizlarni birlashtirgan mazkur forumda 126 davlat parlamentlari raislari, hukumat rahbarlari va 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar vakillari, biznes, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi turli sohalar namoyondalari bo‘lgan 1,5 mingdan ziyod delegat ishtirok etmoqda.
Forum ishida O‘zbekistondan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyasi ham qatnashmoqda.
Forum doirasida Senat raisining qator davlatlarning parlament rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
N.Abduraimova, O‘zA