Mamlakatimizning kun chiqar yurtdagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi deputati Yasutaka Nakasone, hukmron Liberal-demokratik partiya Yoshlar byurosi direktori Takako Suzuki hamda O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Xajime Sasaki bilan uchrashdi.

Muloqot davomida o‘zaro munosabatning joriy holati va aloqalarni yanada rivojlantirish istiqboli ko‘rib chiqildi, parlamentlar o‘rtasida sheriklik ko‘lamini kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

Xususan, parlamentlararo hamkorlik ustuvor yo‘nalishlardan biri ekani ta’kidlandi. Birgalikdagi ko‘p qirrali sa’y-harakatlarni faollashtirishda parlamentlar imkoniyatidan keng va samarali foydalanish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA