Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yer maydoni olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Fuqaro S.Ye. fuqaro F.G.ning ishonchiga kirib, unga tumandagi “Paxtachi” ovul fuqarolar yig‘ini hududidan 15 sotix bo‘sh yer maydoni olib berishni va’da qiladi va evaziga 3 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.