AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bugun Kiyevga kelishi ma’lum bo‘ldi.

Davlat departamenti saytida berilgan xabarga ko‘ra, diplomatlar Prezident Vladimir Zelenskiy va “hukumatning yuqori martabali bir necha amaldori” bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

“Anadolu” yozishicha, tomonlar “Rossiya tajovuzi”dan himoya qilish uchun mamlakatni kelgusida ham qo‘llab-quvvatlash, shuningdek “uzoq muddatli istiqbolda Ukrainaning harbiy, iqtisodiy va demokratik farovonligini ta’minlash yo‘llari”ni muhokama qiladi.