Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Yaqinda mikromoliya xizmatlari bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy qilindi.

Endilikda 2024-2025 yillarda odamlar o‘zini o‘zi band qilishi, kichik va o‘rta tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun mikrokreditlar ajratishga 10 trillion so‘m beriladi.

Shuningdek, kambag‘al oilalarga 30 million so‘mgacha uskuna, ko‘chma do‘kon (fud-trak), motoroller, skuter kabi vositalar 5 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan beriladi.

Kambag‘al oila farzandlariga kompyuter sotib olish uchun 5 yilga 2 yillik imtiyozli davr bilan foizsiz kredit ajratiladi.

“Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasida kamida 5 tadan “drayver” loyihani infratuzilma bilan ta’minlash uchun yil yakunigacha 500 milliard so‘m, kelasi yili yana 1 trillion so‘m ajratiladi.

Hokimlarga bu loyihalarni tezlashtirib, yil oxirigacha 150 ming aholini ishli qilish topshirildi.

O‘zA