Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

To‘rt yil avval bu boradagi ishlar boshlanganida 7,5 million yoki 23 foiz aholining daromadi kambag‘allik chegarasiga yetmas edi.

Shu davrda aholimiz 3,7 millionga ko‘paydi, kambag‘allik chegarasi ham tegishli ravishda 1,5 karra oshirildi.

Bunga qaramasdan, 3,5 million odamni daromadli qilish hisobiga 2023 yil yakuni bilan kambag‘allikni 11 foizga pasaytirishga erishildi.

Avvalo, ijtimoiy himoya qamrovi 4,5 karra oshirilib (466 ming oiladan 2,2 millionga), o‘tgan yili bu maqsadlarga 12,3 trillion so‘m ajratildi. Pensiya va nafaqalar miqdori ham 1,5 baravar ko‘paytirildi.

O‘zA