Vladimir Zelenskiy Ukraina bo‘yicha yo‘l xaritasi ustida ishlayotgani, ushbu hujjatni AQSH Prezidenti, nomzodlar hamda “Katta yettilik” yetakchilariga taqdim etmoqchiligini ma’lum qildi. U o‘tgan juma kuni Chernobbo shahrida bo‘lib o‘tgan iqtisodiy anjumanda ishtirok etib, reja noyabrda tayyor bo‘lishini ta’kidlagan.

– Men hujjatni Prezident Jo Bayden, nomzodlar Tramp va Xarris hamda G7 yetakchilariga taqdim etaman, chunki ushbu masala bo‘yicha ularning fikrlarini bilmoqchiman, – deya bayonot berdi Ukraina yetakchisi Italiyada chiqadigan “Repubblica” gazetasiga bergan intervyusida.

Reja tafsiloti haqida gapirilmagan. Nashr bu yerda gap G‘arb yetakchilari Ukrainani himoya qilishda faollashishi zarurligi, bu o‘t ochishni to‘xtatishni kafolatlashi va Rossiya bilan muzokara boshlash imkonini berishi kerakligi haqida borayotganini qo‘shimcha qilgan.