O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti kengashining qaroriga asosan, universitet hayotiga salmoqli hissa qo‘shgan jurnalistlar faxriy professor va faxriy dotsent unvonlari bilan taqdirlandilar.
Faxriy professor unvoniga sazovor bo‘ldilar:
— O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov;
— «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari bosh muharriri O‘tkir Rahmat.
Faxriy dotsent unvoni bilan taqdirlandi:
— Yozuvchi, jurnalist Habib Temirov.
O‘zA