O‘zJOKUda uch nafar jurnalist faxriy unvonlar bilan taqdirlandi
510
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti kengashining qaroriga asosan, universitet hayotiga salmoqli hissa qo‘shgan jurnalistlar faxriy professor va faxriy dotsent unvonlari bilan taqdirlandilar.
Faxriy professor unvoniga sazovor bo‘ldilar:
— O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov;

— «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari bosh muharriri O‘tkir Rahmat.

Faxriy dotsent unvoni bilan taqdirlandi:
— Yozuvchi, jurnalist Habib Temirov.
O‘zA