Ertaga, 10 sentyabr kuni JCH-2026 3-saralash bosqichi 2-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Bishkekda Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Bugun Qirg‘iz Respublikasi – O‘zbekiston o‘yini oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida OFK vakillari va mahalliy tashkiliy qo‘mita tomonidan ishtirokchilarga o‘yinga oid bir qator masalalar, xususan, media, marketing, tibbiyot va xavfsizlik bo‘yicha tushuntirish va eslatmalar berib o‘tildi.

Vakillarimiz mazkur bahsda to‘liq ko‘k libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi e’lon qilindi.

Uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA