4-5 sentyabr kunlari poytaxtimizda SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) O‘ninchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi va MDHning terrorizm va ekstremizga qarshi kurashish bo‘yicha ikkinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
SHHT Bosh kotibi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev o‘z nutqida qayd etganidek, hozirgi murakkab geosiyosiy sharoitda terrorizm, ekstremizm va u bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish nihoyatda muhim masaladir.
– SHHT MATT forumining MDHning terrorizm va ekstremizga qarshi kurashish bo‘yicha ikkinchi konferensiyasi bilan birga o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bunday yondashuv mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalasida fikr almashish va bu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlik qilish uchun kelishilgan takliflar ishlab chiqish imkonini beradi.
SHHT Kotibiyati BMT va uning yangi tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus muassasalari bilan yaqin hamkorlik qiladi. BMT Kontrterror boshqarmasi bilan muntazam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan, – deydi N. Niyazaliyev.
O‘zA