4-5 sentyabr kunlari poytaxtimizda SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) O‘ninchi  xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi va MDHning  terrorizm va ekstremizga qarshi kurashish bo‘yicha ikkinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

SHHT Bosh kotibi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev o‘z nutqida qayd etganidek, hozirgi murakkab  geosiyosiy sharoitda terrorizm, ekstremizm va u bilan bog‘liq  jinoyatlarga qarshi kurashish nihoyatda muhim masaladir.

– SHHT MATT forumining MDHning  terrorizm va ekstremizga qarshi kurashish bo‘yicha ikkinchi konferensiyasi bilan birga o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bunday yondashuv mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni ta’minlash  masalasida fikr almashish va bu yo‘nalishda  o‘zaro hamkorlik qilish uchun  kelishilgan takliflar  ishlab chiqish imkonini beradi.

SHHT Kotibiyati BMT va uning yangi  tahdidlarga  qarshi kurashish bo‘yicha maxsus  muassasalari bilan yaqin hamkorlik qiladi. BMT Kontrterror boshqarmasi  bilan muntazam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan, – deydi  N. Niyazaliyev.

O‘zA