4-5 sentyabr kunlari poytaxtimizda SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) O‘ninchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiyaning yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov  tabrik so‘zi bilan so‘zga chiqib, SHHT va MDH  makonida kechayotgan murakkab va qarama-qarshi harbiy-siyosiy jarayonlar mamlakatlarimizdan xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashda sa’y-harakatlarimiz va muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni birlashtirishni  talab etadi, deb  ta’kidladi.

– Bu holat SHHT ga a’zo davlatlar xavfsizligiga bevosita  tahdid soladi. Vaziyat xalqaro  terrorchilik  tashkilotlari boshliqlarining   davlatlarimizga qarshi o‘zlarining buzg‘unchi  rejalaridan  voz kechmaganliklari bilan yanada murakkablashmoqda.

Afg‘oniston hukumati o‘z imkoniyatlari va resurslaridan kelib chiqib,  xalqaro terrorizmga qarshi kurashmoqda,  afg‘on maxsus xizmati  IGVX ga qarshi kurashda yetakchilik qilib,  muayyan natijalarga erishmoqda.  Shu bois, dushmanga qarshi birgalikda  kurashishimiz kerak.

“Xuroson viloyati”ga qarshi kurashda Afg‘onistonga yordam  ko‘rsatish muhim, chunki qarshi choralarni zaiflashtirish bu  guruhning kuchayishiga sabab bo‘ladi,  bu esa o‘z navbatida, mintaqa xavfsizligiga xavf soladi.

Ishonchim komilki, o‘zaro ishonch,  xalqaro terrorizm,  ekstremizm va kibertahdidlarga qarshi kurashish  sohasida muntazam axborot va tajriba  almashishga asoslangan  izchil va  muvofiqlashgan faoliyatda birga  harakat qilish yordamidagina davlatlarimizda  barqarorlik va  xavfsizlikni ta’minlashda  samarali natijalarga erishish mumkin.

Shu bois, bugungi kunda  xalqaro anjumanni o‘tkazish dolzarb bo‘lib,  uning doirasida ishtirokchilar chaqiriqlar va xavfsizlik tahdidlarining bugungi holatini  muhokama qilish,  samarali qarshi kurash  choralarini ishlab  chiqish, xalqaro va mintaqaviy darajada aksilterror hamkorligini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladilar, – dedi A. Azizov.

O‘zA