FOTOREPORTAJ

Buxoroda “Samarkand Marathon” xayriya yugurish musobaqalari turkumi doirasida uchinchi bor “Bukhara Night Race” bellashuvi  o‘tkazildi.

O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan tungi poygani qo‘llab-quvvatlash uchun yurtimizning barcha hududlari va xorijdan turli yoshdagi atletlar, havaskor sportchilar ishtirok etdi. Xususan, Avstriya, Afg‘oniston, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Irlandiya, Ispaniya, Malayziya, Portugaliya, Yaponiya, Rossiya, Serbiya, Qozog‘iston, Tojikiston kabi 20 davlatdan sportsevarlar tashrif buyurdi.

Marafonda 5 va 10 kilometr masofaga yugurish, skandinavcha yurish hamda 4 yoshdan oshgan bolajonlar bellashuvi o‘tkazildi.

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA